Главная » 2021 » Сентябрь » 14 » Xizmat paytida uxlab, so‘ng fuqaroga nomaqbul harakatlar qilgan «GAI» yuzasidan ma’lumot berildi
09:29

Xizmat paytida uxlab, so‘ng fuqaroga nomaqbul harakatlar qilgan «GAI» yuzasidan ma’lumot berildi


Joriy yilning 11-sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori A.Jo‘raqulov Yangihayot tumanida «Lasetti» xizmat avtomobilining salonida uxlab yotgan vaqtida fuqaro tomonidan tasvirga olingan.

YPX inspektori avtomobildan tushib nomaqbul harakatlar qilib, tilini ko‘rsatgan, so‘ng tamaki maxsulotini iste’mol qilganligi videoda aks etgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

YHXB avvalroq, «GAI akalarimizdan alkotester innovatsiyasi» sarlavhasi ostida tarqalgan videoga ham izoh bergandi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uxlab, gai | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя