Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Xo‘sh, ertaga dollar kursi qancha bo‘ladi?
19:34

Xo‘sh, ertaga dollar kursi qancha bo‘ladi?


An’anaga muvofiq dollarning rasmiy kursi bugun o‘zgarmadi.

Qalampir.uz tahririyati doimiy ravishda AQSh dollarining so‘mga nisbatan Markaziy Bank tomonidan belgilangan rasmiy kursini e’lon qilib keladi. Ushbu an’ana bugun 4 sentabr kuni davom ettirilmadi.

Sababi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 sentabr kunidan boshlab erkin konvertatsiya amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi farmoni imzolangan edi.

Ushbu farmon konvertatsiya-valyuta munosabatlari haqidagi muhokamalarni kun mavzusiga aylantirdi.

AQSh dollarining rasmiy kursi bir oyda 100 so‘mdan ko‘proqqa (4098 so‘mdan 4210 so‘mgan ko‘tarildi) oshgan. Agar rasmiy kurs o‘z holida har oyda o‘rtacha 100 so‘mdan oshadigan bo‘lsa, rasmiy hamda “qora bozor” kursi taxminan uch yilda tenglashishi mumkin edi.

Tahririyatimizning ishonchli manbaalariga ko‘ra, 5 sentyabrdan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari valyuta oldi-sotdi savdosini 8000–8150 so‘m bilan boshlaydi.

Bugun Markaziy Bank tomonidan tijorat banklariga valyuta kursini belgilash bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan. Ko‘rsatma 4 sentyabrdan 5 sentyabrga o‘tar kechasi berilishi kutilmoqda. Ushbu vaqtda barcha banklarda to‘lovlar yakunlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Markaziy Bank tomonidan belgilangan milliy so‘mning xorijiy valyutaga nisbatan kursi 4210 so‘mda saqlanib qolinadi va u 8000 so‘mgacha o‘zgarib boradi.

Odamlarni qiziqtirayotgan konvertatsiya-valyuta masalasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy bayonotini kutamiz va ushbu masalaga oid yangiliklar bilan muxlislarimizni birinchilar qatorida xabardor etishga harakat qilamiz.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ertaga, bo‘ladi?, qancha, Xo‘sh, Dollar, kursi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя