Главная » 2020 » Август » 23 » Xom holida iste’mol qilinganda zararli bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi
15:58

Xom holida iste’mol qilinganda zararli bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi


Turkiyaning «Sabah» nashri mutaxassislarga tayanib xom holida iste’mol qilinganda sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini chop etdi.

Maqolada ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda mahsulotlarni xomligicha iste’mol qilish urf bo‘lmoqda. Bu sog‘lom turmush tarzining bir ko‘rinishi deyishmoqda. Biroq hamma mahsulotlarni ham xomligicha yeyish foydali deb bo‘lmaydi. Ayrimlari ahvolning yomonlashishiga olib kelishi turgan gap.

Birinchi navbatda, termik ishlov berilmagan sosiskalarni yeyish tavsiya etilmaydi. Bunday mahsulotlar tarkibida listeriya bo‘lishi mumkin — xavfli bakteriyalar hazm qilish tizimi faoliyatini izdan chiqarib, zaharlanishga sabab bo‘ladi.

Xom holida zararli bo‘lgan mahsulotlar orasida ikkinchi o‘rinda loviya turadi. Ushbu dukkakli mahsulotlar tarkibida zararli toksik moddalar bo‘lib, ularni faqat termik ishlov berish orqali bartaraf etish mumkin. To‘laqonli qaynatilmagan loviya oshqozon-ichak faoliyatini izdan chiqarishi mumkin, deb yozadi 23 avgust kuni xorij OAV.

Sog‘liq uchun xom kartoshka va krevetka ham zarar. Krevetka tarkibida ko‘pincha pestitsidlar bo‘ladi. Chunki ularni fermalarda yetishtirishadi va infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun kimyoviy moddalar bilan ishlov berishadi.

Kartoshkaga kelsak, ularning holati va saqlash sharoitiga e’tibor berish kerak. Umuman olganda, kartoshka mutlaqo xavfsiz sabzavot. Biroq uzoq saqlanganda kurtaklarida bakteriyalar ko‘payib, ildizmevaning ichiga o‘tib ketadi. Hatto, kurtagini kesib olib tashlaganda ham, infeksiyalar kartoshka ichida saqlanib qolishi mumkin.

Mutaxassislar bodom, qo‘ziqorin, ravoch, bambuk shoxchasi va maniokni (ildizmevali tropik o‘simlik) xomligicha yeyishni tavsiya etmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Xom holida, e’lon qilindi, iste’mol, ro‘yxati, mahsulotlar, qilinganda, zararli bo‘lgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя