Главная » 2017 » Апрель » 20 » Xona va ofis uchun eng foydali gullar bilan tanishing
09:29

Xona va ofis uchun eng foydali gullar bilan tanishing


Turli maishiy texnika, plastik mebellar, linoleum, panellar, bo‘yoqlar, kir yuvish kukunlari va vositalari xona hamda ofislardagi havoni benzol, fenol, formaldegid, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari va ammiak bilan zaharlaydi. Bugun biz xona va ofislarda ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beruvchi xona gullari bilan tanishamiz.

1. Shefflera (soyabon daraxti) – chekuvchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonalarda o‘stirish mumkin. Bu o‘simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez “yutib yuboradi”.

2. Tillarang ssindapsus (tilla epipremnum yoki potos) havoni benzoldan tozalaydi. O‘simlikning keng barglari bu moddani katta miqdorda ham “o‘zlashtira” oladi. Potos tez o‘sadi, uni ko‘p sug‘orish ham talab etilmaydi.

3. Drasena formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik oz miqdorda bo‘lsa ham, laklar, yelim va mebeldan chiqadigan formaldegidni zararsizlantiradi.

4. Xlorofitum – havoga chiqariladigan gazlarni yaxshi “o‘zlashtiradi”. Shuning uchun birinchi va ikkinchi qavatda istiqomat qiluvchilar uchun bu gul juda foydali.

5. Xamedoreya (xonaki palma) havoni namlantiradi, plastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi.

6. Pechak – havoni tozalash bo‘yicha rekordchi o‘simlik hisoblanadi. U formaldegid, benzol, ammiak kabi zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi.

7. Benjamin fikusi – havoni eng yaxshi tozalovchi o‘simliklardan ikkinchi o‘rinda turadi. Pechak singari ko‘pgina zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi va changni oxanrabodek o‘ziga tortib oladi.

Madina Muhammadiyeva


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: gullar, eng foydali, Xona va ofis uchun, bilan tanishing | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя