Главная » 2021 » Март » 15 » Xonanda Abdujalil Qo‘qonovning to‘yxonasini MIB tortib oldimi?
20:41

Xonanda Abdujalil Qo‘qonovning to‘yxonasini MIB tortib oldimi?


Xonanda Abdujalil Qo‘qonov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Abdujalil Qo‘qonov suhbat davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘yxona nima sababdan MIB tomonidan tortib olinganiga oydinlik kiritdi.

Birovga yaxshilik qilamiz deb to‘yxonamizni oldirib qo‘yganmiz. Tanishlarimiz «To‘yxonangizni garovga qo‘yib, bankdan pul olmoqchimiz, bir yilga bormasdan pulni yopamiz», deyishdi. Bankdan 105 million so‘m pul olishgan, ishlatishgan, ammo ishlari o‘xshamagan. Bank ham to‘yxona mening nomimda bo‘lgani uchun muddatni cho‘zib yuravergan.

«Menga gap tegmasin, qishloq guzarini olganman. Shu to‘yxonani ham sotibdi-da, degan gap-so‘zlarga qolmay», dedim. Prokurorlar oldida ham shu gaplarni gaplashganmiz, «Hech qanday ortiqcha gap qilmasdan to‘laymiz», deyishdi.

Yil oxirida bank xodimlari oldimga kelib, «Ular pulni to‘lashmayapti, o‘rniga siz to‘lab qo‘ying», deyishdi. Ular menga «Bir dona shashlik yoki bitta mineral suv ham olib bermagan bo‘lishsa, ularga yaxshilik qilaman, deb, men kuyib ketaveramanmi?», dedim. Ular san’atkorligim — Abdujalil Qo‘qonovligimni hurmatini qilsa kerak desam, to‘yxonaga katta qilib sotiladi, deb yozib qo‘yishibdi.

Sotiladi degan yozuvni o‘chirtirsam, yana yozishibdi. Bu holatdan qishloqning kattalari ham hayron bo‘lib «Nega sotyapsiz?», deb so‘rab boshlashdi. Ularga vaziyatni tushuntirdim.

Xullas oxiri pulni to‘lashi kerak bo‘lgan odamlar pulni to‘lamaganligi uchun to‘yxona bank ixtiyoriga o‘tib ketdi. Hozir o‘zim qurgan, aslida o‘zimga tegishli bo‘lgan to‘yxonani o‘zim sotib olish harakatida yuribman. Chunki, avvalo, bu to‘yxona qishloqdoshlarimiz uchun qurilgan, sotib olib qishloqqa topshirib qo‘ymoqchiman.

U to‘yxonani hozirgi hisob bilan 100 ming dollarga qurganman. U yigitlarning lafziga ishonib, ularga yaxshilik qilish uchun to‘yxonamdan ayrilib qoldim. Kim ko‘rsa, kim bilsa «Nima uchun to‘yxonani sotdingiz?», deb so‘raydigan bo‘lib qoldi.

Abdujalil Qo‘qonov, xonanda

Ma’lumot uchun, Abdujalil Qo‘qonov 1965 yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida dunyoga kelgan. «Kechikkan sevgi», «Go‘zalim», «Berkinmachoq», «Azob» kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida mashhurlikka erishgan. Xonandaning 300 ga yaqin mualliflik qo‘shiqlari bor.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: tortib, MIB, to‘yxonasini, Xonanda, Abdujalil Qo‘qonovning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя