Главная » 2018 » Май » 31 » Xonandalar Rahimxon, Nigmatov, Jumaniyozova, Usmonovning lisenziyasi tugatildi
21:34

Xonandalar Rahimxon, Nigmatov, Jumaniyozova, Usmonovning lisenziyasi tugatildi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Nigmatov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning lisenziyalari bugun, 31 may kunidan e’tiboran bekor qilindi. Bu haqda "Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi" mavzuidagi yig‘ilishda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov topshiriq berdi.

Bugun "O‘zbekkonsert" DM tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan yuqorida nomlari qayd etilgan xonandalar kelmagan. Shu bois ularning lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda san’atkorlarning odobi, ma’naviyati, ular tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shiqlar va kliplar, to‘y va marosimlardagi xizmat narxlari muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval "Maroqand" guruhining ham lisenziyasi tugatilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Usmonovning lisenziyasi tugatildi, Sardor Rahimxon, Xonandalar, Jumaniyozova, Nigmatov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя