Главная » 2021 » Сентябрь » 4 » Xorazm va Qoraqalpog‘istonda rekord natija qayd etildi
12:03

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda rekord natija qayd etildi


Kecha talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘lgan.

Xususan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani Tagan qishlog‘idagi 28-maktab, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“b” sinf bitiruvchilari 100 foizlik natija bilan talabalikka qabul qilindi.

Shuningdek, Amudaryo tumanidagi 40-maktab variativ sinfining 27 nafar bitiruvchisidan 24 nafari talabalikka qabul qilingan. Ulardan 8 nafari davlat granti, 17 nafari to‘lov shartnoma asosida o‘qishga kirgan. Bu 93 foizlik natija.

Qo‘ng‘irot tumani 2-sonli maktabdagi Texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha variativ sinfda 31 bitiruvchidan 27 nafari (87 foizi) talaba bo‘lgan.

Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“v” sinf 88 foizlik, jami 94 foiz o‘quvchilar OTMga o‘qishga kirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qoraqalpog‘istonda, Rekord, xorazm | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя