Главная » 2020 » Май » 9 » Xorazmda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
15:30

Xorazmda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg'ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 168 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 178 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1790 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xorazmda, koronavirusdan tuzaldi, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя