Главная » 2020 » Май » 27 » Xorazmda farzandini 7 700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ona ushlandi
13:19

Xorazmda farzandini 7 700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ona ushlandi


Xorazm viloyatida 2 yoshli farzandini 7 700 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan ona ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, K.Sh. (1997 y.t), 2018 yilda tug‘ilgan farzandi I.Sh.ni fuqaro A.ga 7 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan“, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xorazmda, bo‘lgan, farzandini, ushlandi, ona, AQSH, sotmoqchi, dollariga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя