Главная » 2020 » Июнь » 7 » Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan erkak murdasi chiqdi. U rulga zanjir bilan bog‘langan
21:49

Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan erkak murdasi chiqdi. U rulga zanjir bilan bog‘langan


Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida kanaldan ichida haydovchisi zanjirlangan holda Tico avtomobili topilgani haqida xabarlar va suratlar tarqaldi.

Mazkur hodisa bo‘yicha Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Hazorasp tumani, “Temirchi maskani” mahallasi, Bazm ko‘chasidagi 15-uyda yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan T.Q. joriy yilning 27 mart kuni soat taxminan 10:00 larda otasi A.Q. nomidagi qizil rangli Tico rusumli avtomobilni boshqarib, uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

Hazorasp tumani prokurori R. Jumaniyazov tomonidan 17 aprel kuni T.Q.ning bedarak yo‘qolganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida to‘plangan dalillarga ko‘ra, T.Q. 27 mart kuni bir necha marotaba “Toshsaqa” kanalining Hazorasp tumani, Amudaryo mahallasi (hozirda Tuproqqal’a tumani) hududidagi “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inshooti atrofida bo‘lganligi aniqlangan.

Shuningdek, T.Q. foydalangan telefon raqami so‘nggi marotaba 27 mart kuni soat 21:41 da “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inshooti oldida bo‘lganligi aniqlangan.

Shu sababli, T.Q.ning mazkur “Toshsaqa” kanalining“Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inshooti atrofida suvga cho‘kib vafot etgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, 4 iyun kuni suv taqsimlash inshooti hududida suv to‘silib, IIB va maxsus qutqaruv xizmati xodimlaridan iborat guruh kanalda qidiruv ishlarini olib borgan.

Natijada, kanaldan Tico rusumli avtomobil va uning haydovchisi o‘rindig‘ida fuqaro T.Q.ning bo‘ynidan zanjir bilan mashina ruliga qulflangan holdagi murdasi topilgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari O.Shomurotov va viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Kazakov boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi chiqib, tekshiruv o‘tkazilgan.

Jasad tashqi ko‘zdan kechirilganda va sud tibbiy-ekspertizada ko‘zdan kechirilganda uning tanasida biron-bir jarohat izlari aniqlanmagan.

Hozirda T.Q.ning o‘limi sababini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari ham olib borilyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kanaldan topildi, zanjirlangan holda, yo‘qolagn erkak, mashinada, jasadi, Xorazmda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя