Главная » 2021 » Март » 23 » Xorazmda yarim yalang‘och sumalak tayyorlagan ayollarga sud hukmi o‘qildi
23:20

Xorazmda yarim yalang‘och sumalak tayyorlagan ayollarga sud hukmi o‘qildi


Avvalroq, 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar yarim-yalang‘och kiyingan holda sumalak pishirayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB rasmiy munosabat bildirib, surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Xabar berilishicha, bugun, 23 mart kuni mazkur ayollarga nisbatan holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Huquqbuzar sifatida jalb etilgan xotin-qizlar va guvohlarning fikrlari eshitilgan. Ayollar o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini tushunib yetganini va aybidan pushaymonligini bildirgan.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Urganch shahar sudi qarori bilan Z.Q., D.J., D.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan jazo tayinlashda ularning shaxsi, oilaviy ahvoli, jumladan ulardan 3 nafarining voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib, ma’muriy qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yarim yalang‘och, sud hukmi, Sumalak, ayollarga, o‘qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя