Главная » 2020 » Февраль » 18 » Xorazmlik erkakka lotereyadan Spark chiqdi. Sotuvchi undan chiptani olib qo‘yib, evaziga 1000 dollar taklif qildi
18:15

Xorazmlik erkakka lotereyadan Spark chiqdi. Sotuvchi undan chiptani olib qo‘yib, evaziga 1000 dollar taklif qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda lotereyadan avtomashina yutib olgan fuqaroning shikoyati aks etgan videomurojaat tarqaldi.

Videoda 16-fevral kuni soat taxminan 14:00 da Xorazm viloyati Shovot tumani markaziy dehqon bozorida Xalq banki tomonidan sotuvga chiqarilgan lotereyani o‘ynagan fuqaro lotereyani sotib olgani voqeasi aks ettirgan.

Fuqaro lotereyaning maxsus joyini o‘chirgan va lotereya yutug‘iga Spark avtomobili chiqqan. Ammo Xalq banki xodimi ekanligi aytilayotgan lotereya sotuvchisi yutuqli lotereyani fuqaroning qo‘lidan yulib olgan va unga 1000 AQSh dollari taklif qilgan. Fuqaro rozi bo‘lmay lotereyani berishini talab qilgan. Sotuvchi esa u yerdan qochishga uringan, ammo boshqa fuqarolar uning ketishiga yo‘l qo‘ymay, militsiya xodimlariga xabar qilgan.

Xalq banki ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, fuqarolar Q.K. va R.R. birgalikda Shovot Markaziy dehqon bozorida Xalq banki lotereyalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Ular Xalq banki xodimlari emas. Shuningdek, bu fuqarolarning lotereyalarni sotish bo‘yicha Xalq banki bilan hech qanday shartnomasi ham yo‘q. Ushbu fuqarolar Xalq banki kassalaridan “Omad qushi” lotereyalarining har birini 3 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 4 ming so‘mdan sotganligi aniqlandi.

Xalq banki tomonidan chiqarilayotgan lotereyalar, xususan, “Omad qushi” lotereyasi biletiga ham narxi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Xorazm viloyati IIBBnig xabar berishicha, Ayni paytda fuqaro I.I.ning  arizasiga binoan mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tergovga qadar o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя