Главная » 2021 » Март » 13 » Xorazmning katta qismi elektr energiyasiz qoldi
14:38

Xorazmning katta qismi elektr energiyasiz qoldi


Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga keldi, deya xabar bermoqda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.

Buning oqibatida Xorazm viloyatida ko‘plab xonadonlar elektr energiyasiz qolgan.

Qayd etilishicha, hozirda barcha tezkor ishchi guruhlar jalb qilingan bo‘lib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Urganch shahridagi elektr ta’minotidagi uzulishlar sabab shahardagi svetoforlar ishlamayotganligi xabar qilinmoqda.

Avvalroq Xorazmga shimoldan sovuq havo va qor kirib kelgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xorazmning, energiyasiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя