Главная » 2020 » Август » 20 » Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning eng ko‘p qismini qaysi viloyat aholisi tashkil etishi ma’lum qilindi
19:33

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning eng ko‘p qismini qaysi viloyat aholisi tashkil etishi ma’lum qilindi


Xalqaro press-klubning “Mehnat migratsiyasi: xavfsiz, tartibli va qonuniy” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi sessiyasida bugungi kunda xorijda qancha O‘zbekiston fuqarolari mehnat migranti sifatida ishlayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev gapirib o‘tgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda 2 milliondan ortiq, ya’ni mehnatga layoqatli aholining 12 foizi xorijda ishlamoqda.

  • Rossiyada — 1,5 million;
  • Qozog‘istonda — 240 ming;
  • Koreyada — 71 ming:
  • Turkiyada — 43 ming;
  • BAAda 5 ming va dunyoning boshqa davlatlarida 120 ming o‘zbekistonlik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Ushbu mehnat migrantlari viloyatlar hissasida qancha nafarni tashkil qilishi aytildi:

  • Samarqanddan — 268 ming;
  • Farg‘onadan — 247 ming;
  • Qashqadaryodan — 178 ming;
  • Surxondaryodan — 164 ming;
  • Xorazmdan — 140 ming;
  • Andijondan — 132 ming;
  • Toshkent viloyatidan — 102 ming;
  • Toshkent shahridan — 90 ming;
  • Buxorodan — 88 ming;
  • Jizzaxdan — 88 ming;
  • Namangandan — 69 ming;
  • Qoraqalpog‘istondan — 66 ming;
  • Sirdaryodan — 57 ming;
  • Navoiydan 25 ming kishi xorijda ishlaydi.

Press-klub sessiyasida, shuningdek, 1991-yillarda O‘zbekiston aholisi 20 million atrofida bo‘lgani, bugungi kunda 34 millionni tashkil etgan holda qariyb ikki baravarga oshgani bildirildi. 2019-yilda 815 ming odam tug‘ilgan bo‘lsa, 388 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Har yili mehnat bozoriga 700 mingdan ortiq odam kirib keladi.

“Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston hukumati bir kunda taxminan 2000 ish o‘rni yaratishi kerak. Lekin buni nafaqat Rossiya, na Hindiston, na AQSH hukumati amalga oshirishi imkonsiz. Bu haftasiga 14 ming ish o‘rni degani”, — deydi Sherzod Qudratxo‘jayev.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aholisi, ma’lum qilindi, Xorijda, tashkil etishi, ishlayotgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя