Главная » 2018 » Март » 29 » Xotinimga ro‘zg‘or uchun sen ham maoshingdan qo‘sh, desam bo‘ladimi?
20:30

Xotinimga ro‘zg‘or uchun sen ham maoshingdan qo‘sh, desam bo‘ladimi?


Savol:
– Xotinim ishlaydi va yaxshi maosh oladi. Unga ro‘zg‘or xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qo‘sh, desam bo‘ladimi?

Javob:
– Islomdagi er-xotinlik mulkiy nizomi ularning mulklari mutlaq alohida ekanini va birining zimmasi boshqasinikidan ajrashini ta’kidlaydi. Ayol mulkdor bo‘lish, o‘zining mulkini o‘zi tasarruf etish, zimmasiga moliyaviy mas’uliyat olish va turli shartnomalar imzolash huquqiga mutlaq egadir.

Shulardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, er ro‘zg‘or xarajatlari uchun, xotin maoshidan qo‘shishini talab etishga aslo haqqi yo‘q. Chunki xotinning shar’iy nafaqalarini er qilishiga buyurilgan. Bunga yeyish, ichish, kiyinish, manzil va xizmatkor xarajatlari kiradi. Shuningdek, urfga muvofiq uyni jihozlash ham erning zimmasida.

Agar xotin o‘z maoshidan ro‘zg‘or xarajatlariga qo‘shmoqchi bo‘lsa, bu batamom uning roziligi bilan amalga oshiriladi. «Er-xotin qo‘sh ho‘kiz», degan maqol islomning oilaviy nizomiga zid bo‘lib, ayolning huquqini poymol qiladi.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: ro'zg'or, xotinim, Er-xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя