Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » XTV maktablarda darslar qanday tashkil etilishini ma'lum qildi
14:11

XTV maktablarda darslar qanday tashkil etilishini ma'lum qildi


O‘quvchilar to‘planib qolishining oldini olish uchun sinflar turli soatlarda maktabga kelishi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma'lum qilishicha, pandemiya sharoitida maktablar faoliyatini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, dars mashg‘ulotlari ertalab 8.00dan kechki 17.30gacha davom etadi. Bolalar bir vaqtda to‘planib qolishining oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. Ya'ni:

  • 1-4 sinflar maktabga soat 8.00gacha;
  • 5-8 sinflar soat 8.30gacha;
  • 9-11 sinflar 9.00gacha darsga keladi.
  • O‘quvchilar alohida eshiklardan ijtimoiy masofa ta'minlangan holda, tana haroratini o‘lchab maktabga kiritiladi.

“Darslar sinf tizimida olib boriladi. Ya'ni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi oldida kutib olinadi va kuzatiladi. Ota-onalarning maktabga kirishi taqiqlanadi.

Darslar oralig‘idagi tanaffuslarda qo‘ng‘iroqlar chalinmaydi. Sinfxonalar ko‘chadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi”, deya Laylo Rustamovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qanday tashkil etilishini, Maktablarda, darslar, ma'lum qildi, XTV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя