Главная » 2020 » Февраль » 15 » Xubeyga koronavirusga qarshi kurashish uchun 25 ming shifokor yetib keldi
20:14

Xubeyga koronavirusga qarshi kurashish uchun 25 ming shifokor yetib keldi


Butun Xitoydan 25 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga yetib keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rahbari o‘rinbosari Van Xeshenga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Van Xeshenning so‘zlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasiga jami 25 633 nafar shifokordan iborat 217 ta tibbiyot brigadasi yuborilgan. Xeshenning ta’kidlashicha, armiya tomonidan virusga qarshi kurashish uchun yuborilgan harbiy shifokorlar yuqoridagi shifokorlar qatoriga kirmaydi.

Uxan shahrining o‘ziga bevosita 20 374 nafar tibbiyot xodimi yo‘naltirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xubey provinsiyasida bir sutka davomida yangi turdagi COVID-10 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 2420 kishiga ortgan bo‘lib, provinsiyada kasallikka chalinganlarning jami soni 54 406 kishiga yetgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя