Главная » 2020 » Сентябрь » 27 » “Xuddi kompyuter o‘yini kabi” – Ukrainadagi An-26 halokatidan omon qolgan yagona odam voqea haqida gapirib berdi
10:40

“Xuddi kompyuter o‘yini kabi” – Ukrainadagi An-26 halokatidan omon qolgan yagona odam voqea haqida gapirib berdi


Ukraina harbiylarining «An-26» samolyoti 25-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da (22:45 t.v.) Chuguyev shahri yaqinida o‘quv parvozi paytida qulab tushgani haqida xabar bergandik. Samolyot bortidagi 27 kishidan 25 nafari halok bo‘lgan, ikki nafari omon qolgandi. Keyinchalik, og‘ir jarohatlar oqibatida, ularning ham biri vafot etgan.

Ushbu halokatda omon qolgan yagona inson — Vyacheslav Zolochevskiy. Uning aytishicha, hammasi xuddi «kompyuter o‘yini»dagi kabi sodir bo‘lgan, bir muddat u hushini yo‘qotgan. O‘ziga kelgach esa, samolyot qoldiqlari orasidan chiqib olib, yonib yotganlardan birinchi o‘chirishga uringan.

Halok bo‘lganlardan birining onasi aytishicha, o‘g‘li so‘nggi marta halokatdan bir kun avval qo‘ng‘iroq qilib, samolyotning nosozligini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyotning motorlari tez-tez buzilib turgan, yozmoqda «24 kanal».


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kompyuter, odam, Yagona, halokatidan, o‘yini kabi, omon qolgan, gapirib berdi, An-26, Xuddi, Ukrainadagi, voqea haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя