Главная » 2017 » Январь » 3 » Xurmachangga sig‘sa ich: 51 yoshli ayol qotilga aylandi
18:09

Xurmachangga sig‘sa ich: 51 yoshli ayol qotilga aylandi


2 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskvaning janubida joylashgan xonadonlarning birida qotillik yuz berdi. 51 yoshli ayol arzimas tortishuvdan so‘ng o‘zining 49 yoshli qarindoshiga pichoq urgan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
 
49 yoshli ayol pichoq bilan berilgan dastlabki zarbadayoq hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lum bo‘lishicha, qotillikka qo‘l urgan ayol mast holda bo‘lgan.
 
Ayni vaqtda jinoyatchi hibsga olingan va u o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Bundan tashqari, u qo‘shimcha ko‘rsatma ham berib, tortishuvga nimalar sabab bo‘lganiga ham oydinlik kiritgan.
 
Ayolga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) yuzasidan ayblov e’lon qilingan va ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Muxtorbek Abdullaev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qotil, yosh ayol, Xurmachangga sig‘sa ich | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя