Главная » 2021 » Апрель » 21 » Xushxabar: O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatida qatnashadi
22:32

Xushxabar: O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatida qatnashadi


OFKdan O‘FAga rasmiy tabrik keldi. Unda OFK ijroiya qo‘mitasining belgilab bergan mezoniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 12-sentyabridan 3-oktyabriga qadar Litva mamlakatida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, jahon chempionatiga qit’alarning saralash o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan jamoalari yo‘llanma oladi. Lekin o‘tgan yili butun dunyoda hukm surgan pandemiya tufayli vaziyat o‘zgardi. Osiyo qit’asi bo‘yicha mezbonlik qilishi lozim bo‘lgan joylar ikki bor o‘zgardi – avvaliga Turkmaniston bekor qilindi, so‘ng Quvayt davlatida ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Vaholanki, shu manzillarning birida tashkil etilgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak edi.

Kuni kecha o‘tkazilgan OFK Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilish bayonnomasiga binoan Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Mazkur jamoalar nomini aniqlashda ularning so‘nggi Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki hisobga olindi. Unga ko‘ra futzal bo‘yicha O‘zbekiston, Yaponiya hamda Eron milliy terma jamoalari jahon chempionati bahslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Iroq, Livan, Tailand va Vetnam vakillari esa mundialning qolgan 2 yo‘llanmasi uchun pley-off turnirida o‘zaro bahs olib borishi belgilandi.

Jahon chempionatida mezbon Litvani ham qo‘shib hisoblaganda 25 ta terma jamoa qatnashadi. Bu raqamlar mintaqalarga quyidagicha bo‘lingan:

OFK 5ta joy: Eron, Yaponiya, O‘zbekiston. Va yana saralashdan ikkita terma chiqadi.

KONMEBOL. 4ta joy: Braziliya, Argentina, Paragvay, Venesuela

OFK (Okeaniya). 1 ta joy: Solomon orollari

UYeFA. 6ta joy: Rossiya, Portugaliya, Ispaniya, Qozog‘iston, Chexiya, Serbiya

KAF. 3ta joy: Angola, Misr, Marokash.

KONKAKAF 4 ta joy. Bu mintaqada hali saralash o‘yinlari o‘tkazilmagan.

Litvada o‘tadigan mazkur jahon chempionati tartib bo‘yicha to‘qqizinchisi hisoblanadi. 1989-yilda start olgan kichik mundialning so‘nggi – sakkizinchi mavsumi 2016-yili Kolumbiyada tashkil etilgan. Va bu galgisi o‘zbekistonliklarning ilk ishtiroki sifatida ham yodimizda qoldi. Sakkizta chempionatning eng ko‘p chempioniligi Braziliya termasiga nasib etgan – 5 marotaba. Ispaniya termasi ikki marta bosh sovrin sohibi bo‘lgan, Kolumbiyadagi jahon chempionatining oltin medalini esa ilk bor Argentina termasi qo‘lga kiritgan. Yana bir qiziq tomoni, Kolumbiyada Braziliya termasi ilk bor sovrinsiz qolgan.

Umid qilamizki, Bahodir Ahmedov ustozligidagi terma jamoamiz jahon chempionatidagi ketma-ket ikkinchi ishtirokida muxlislarini xursand etishadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jamoasi, xushxabar, chempionatida, Jahon, qatnashadi, Futzal, terma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя