Главная » 2020 » Апрель » 24 » Xushxabar! Qashqadaryoda koronavirusga chalingan ikki opa-singil butunlay tuzaldi
10:30

Xushxabar! Qashqadaryoda koronavirusga chalingan ikki opa-singil butunlay tuzaldi


Ta’kidlash joizki, yurtimiz tibbiyot xodimlarining bahamjihat bo‘lib, zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uchun shifoxonalarimizda barcha sharoit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusga chalingan, Qashqadaryoda, butunlay tuzaldi, xushxabar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя