Главная » 2020 » Декабрь » 28 » XXI asrning eng yaxshi futbol murabbiyi ma’lum bo‘ldi
08:35

XXI asrning eng yaxshi futbol murabbiyi ma’lum bo‘ldi


«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola XXI asrning eng yaxshi murabbiyi sifatida Globe Soccer Awards mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Twitterda xabar berilgan.

2020-yilning eng yaxshi mutaxassisi deb «Bavariya»ni boshqargan germaniyalik Xans-Diter Flik topildi. U bu borada vatandoshi Yurgen Klopp («Liverpul») va italiyalik Jan Pero Gasperini («Atalanta»)dan o‘zib ketdi.

Gvardioladan tashqari yana uch nafar mutaxassis XXI asrning eng yaxshi murabbiyi degan sharafli nomga da’vogarlik qilishdi. Bular fransiyalik Zinedin Zidan («Real»), portugaliyalik Joze Mourino («Tottenxem») va Aleks Fergyuson. Shotlandiyalik murabbiy eng katta yutug‘ini «Manchester Yunayted» bilan birga qo‘lga kiritgan.

Gvardiola «Manchester Siti»dan tashqari «Bavariya» va «Barselona»da ham ishlagan. U 29 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Sakkizta mamlakat chempionligi va ikkita Chempionlar Ligasi g‘olibligi shular jumlasidan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbol, XXI asrning, murabbiyi, eng yaxshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя