Главная » 2020 » Январь » 7 » “Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin”. Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi
20:32

“Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin”. Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Milliy” telekanalining “Nishonda” dasturiga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan nima sababdan ajrashgani haqida gapirdi.

Aslida biz umuman bir-biriga o‘xshamaydigan, turli qarash va prinsiplarga ega insonlarmiz. Turmush qurishimizga barcha qarindoshlarimiz qarshi edi. Ular inson ko‘ngliga yaqin, so‘zlashish uchun umumiy mavzulari bor insonni umr yo‘ldosh sifatida tanlash kerakligini aytgandi.

Shuningdek, ikki inson turmush qurishi uchun ular oilada bir xil tarbiya topgan bo‘lishi ham kerak. Bir-biriga har jihatdan mos bo‘lishi kerak. Biz esa butunlay boshqa-boshqa odamlar edik. Shuning uchun ham murosa qila olmadik.

Lekin hozir, fikrimcha, Muqaddas (Sa’dullayeva) — Yigitaliga juda ham mos. Ularni juda yaxshi juftlik deb bilaman. Men ularga chin dildan baxt tilayman. Eshitishimcha, ular ikki farzandli ham bo‘libdi. Baxtli bo‘lishsin.

Ulardan yagona iltimosim — bizsiz baxtli bo‘lishsin. Bizni tinch qo‘yishsin. Men har doim farzandlarim uchun qayg‘uraman. Ertaga ular katta bo‘ladi. Ularning qulog‘iga turli gap-so‘zlar, g‘iybatlar yetib kelishini xohlamayman.

Rayhon G‘aniyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

 

Xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandlarni dunyoga keltirgan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgan edi.

2016-yilning may oyida Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma`lum bo`ldi. 2016-yilning 29-oktabr kuni Rayhon aktyor va boshlovchi Farhod Alimov bilan ikkinchi marta turmush qurdi.

Yigitali bu orada chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmush qurib qiz farzand ko‘rdi, ko‘p o‘tmay aktyorning bu turmushi ham o‘xshamagani oydinlashdi. 2018-yil dekabrida Yigitali aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylangani ma`lum bo`ldi  Yigitali va Muqaddas ikki farzandli bo`ldi


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя