Главная » 2020 » Ноябрь » 6 » Yakshanbadan O‘zbekiston hududida havo soviy boshlashi kutilmoqda
19:57

Yakshanbadan O‘zbekiston hududida havo soviy boshlashi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi issiq janubi-g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli bo‘ladi, harorat iqlimiy me’yordan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi harorat 22-27 daraja, kechasi 4-9 daraja atrofida bo‘ladi.

8-noyabrda respublika hududiga Kavkaz tomondan sovuq va nam havo oqimi kira boshlaydi. Kun davomida ushbu oqim respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlariga tarqaladi. Kechga borib u O‘zbekistonning markaziy tumanlariga o‘tadi. Ushbu jarayonda respublika bo‘yicha bulutlilik ortadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 8-noyabrda kechqurun, kechasi va 9-noyabr ertalab mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy tumanlarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘irning qorga aylanish ehtimoli bor, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni kunduzi harorat biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismda harorat 15-20 daraja, shimolda 8-13 daraja bo‘ladi. Keyingi haftaning boshida esa sovuq tushadi, tungi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hududida, havo, kutilmoqda, soviy, Yakshanbadan, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя