Главная » 2020 » Ноябрь » 1 » Yakubovich «Pole chudes»dagi eng g‘ayrioddiy sovg‘a haqida gapirdi
12:11

Yakubovich «Pole chudes»dagi eng g‘ayrioddiy sovg‘a haqida gapirdi


Rossiya televideniyasidagi «Pole chudes» shousi boshlovchisi Leonid Yakubovich loyiha tarixidagi eng qimmatbaho va g‘ayrioddiy sovg‘a hamda ishtirokchilar shouga olib keladigan sovg‘alar taqdiri haqida ma’lumot berdi.

Yakubovichning aytishicha, 1996 yilda u bir faxriydan Ikkinchi jahon urushida o‘q teshib o‘tgan sigaret qutisini olgan. O‘q uning yuragi yaqiniga kelib urilgan.

«Bu, ehtimol, hozirgacha bo‘lgan eng qimmat sovg‘adir»,- degan Yakubovich.

Teleboshlovchining so‘zlariga ko‘ra, namoyishdan so‘ng u sigaret qutisini egasiga qaytarib bergan, chunki bu qadrdon sovg‘ani olib qolishni o‘ziga lozim qo‘rmagan.

Yakubovich dastur qatnashchilari tomonidan olib kelinadigan iste’mol qilish mumkin bo‘lgan sovg‘alar tomoshadan keyin tatib ko‘rish uchun barabanga qo‘yilishini aytgan.

Avvalroq, Leonid Yakubovich dasturdan ketishi mumkinligi haqida ham gapirgandi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: haqida gapirdi, Pole chudes, sovg‘a, g‘ayrioddiy, eng, Yakubovich | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя