Главная » 2020 » Май » 19 » Yana 12 ming fuqaroni O‘zbekistonga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda — Shavkat Mirziyoyev
21:50

Yana 12 ming fuqaroni O‘zbekistonga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda — Shavkat Mirziyoyev


O‘zbekiston hukumati xorijiy mamlakatlardan og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaroni qaytarib olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.

Yig‘ilishda kasallikni yuqtirgan 2802 nafar fuqarodan 2314 nafari yoki 82 foizi butunlay sog‘aygani qayd etib o‘tilgan. 23 ming nafar tibbiyot xodimiga esa jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirish puli to‘lab berilgan.

“Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayg‘uryapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshimizni olib keldik. Tashqarida og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari ko‘rilmoqda”, — deb ma’lum qilgan Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda boshqa mamlakatdan 11 ming nafar fuqaroni qaytarish rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan edi. 8—10-may kunlari Dubay (BAA), Minsk (Belarus), Seul (Janubiy Koreya) va Dehli (Hindiston)dan amalga oshirilgan charter reyslar orqali 800 dan ortiq vatandosh mamlakatga qaytdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 24-mayga qadar amalga oshiriladigan charter reyslar jadvalini e'lon qilgan edi.

Bundan tashqari, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1100 nafar vatandosh Prezident topshirig‘iga asosan 18—19-may kunlari avtobuslarda O'zbekistonga olib ketildi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada karantin cheklovlari sharoitida bo‘lib turgan 65 mingga yaqin fuqaro vatanga qaytish bo‘yicha onlayn ariza topshirganini ma'lum qilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qaytarib, O‘zbekistonga, choralari, Shavkat Mirziyoyev, ko‘rilmoqda, olib kelish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя