Главная » 2020 » Август » 11 » Yana 15 yildan so‘ng Shimoliy muz okeanining faqat nomi qoladi
11:35

Yana 15 yildan so‘ng Shimoliy muz okeanining faqat nomi qoladi


Britaniyalik iqlimshunos olimlar 2035-yilga borib Arktika (Shimoliy muz okeani ham shuning ichida) muzliklari butunlay erib bitishidan ogohlantirishmoqda. Ushbu tadqiqot «Nature Climate Change» jurnalida yoritildi.

Sayyoramiz shimoliy qismining Yerda oxirgi marta global isish yuz bergan 125 ming avvalgi holati bilan solishtiruvlar shundan dalolat bermoqda.

«Global isish ta’sirida Arktika jiddiy o‘zgarishlarni boshdan o‘tkazayotganidan xabardormiz. <...> Atigi 15 yildan so‘ng, 2035-yilda Arktika muzliklari tamomila tugab bitishi ehtimolining o‘ziyoq insoniyatni, fursatni boy bermay, global isishga qarshi faolroq kurashga undashi shart», — dedi maqola mualliflaridan biri, britaniyalik paleoklimatolog Luiza Saym.

Global isish — bor narsa, buni qayta-qayta takrorlayotgan dunyo iqlimshunoslari agarda harorat o‘sishi 1,5 darajada saqlanib qolaversa, sayyoramiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkinligini maqolada ko‘rsatib o‘tishgan.

Tadqiqot mualliflari muammoga dunyoning eng katta siyosatchilari e’tiborini tortib, ularni iqlim o‘zgarishlariga qarshi faolroq kurashishga chorlashmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida Arktikada butun kuzatuvlar tarixidagi eng kam muzlik qayd etildi. Arktikada joylashgan Shpitsbergen arxipelagida esa olimlar meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq +22 daraja haroratni ro‘yxatga olishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nomi qoladi, Shimoliy muz okeanining | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя