Главная » 2020 » Апрель » 21 » Yana 20 nafar: Namanganda 5 yoshli bolakay koronavirusni yengdi
18:20

Yana 20 nafar: Namanganda 5 yoshli bolakay koronavirusni yengdi


So‘nggi kunlarda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib borayotganlarning ko‘payib borayotgani va aksinchi, kasallanish holatlarning asta-sekin kamayib borishi ko‘zga tashlanmoqda. Bunda fidoyi va tajribali shifokorlarimiz sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasi chekinayotganidan dalolatdir.

Chunki yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash borasida minglab tibbiyot xodimlari matonat bilan mehnat qilishmoqda. Ularning sa’y-harakati bilan bemorlarning butunlay sog‘ayishiga erishilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 20 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan bo‘lib, 19 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan, bir nafari Turkiyadan kelgan. Bemorlarning 7 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikni to‘liq yengib o‘tganligini ko‘rsatdi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 23 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 43 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 313 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yengdi, Namanganda, Koronavirusni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя