Главная » 2020 » Май » 1 » Yana 7 nafar: Samarqandda 4 yashar bolakay koronavirusdan tuzaldi
16:14

Yana 7 nafar: Samarqandda 4 yashar bolakay koronavirusdan tuzaldi


Samarqand viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning Samarqandan viloyati (6 nafari Toyloq tumani, 1 nafari Samarqand tumani)dan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshli bola.

Viloyatda shu paytga qadar 14 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 49 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1182 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan tuzaldi, Samarqandda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя