Главная » 2020 » Май » 7 » Yana bir davlat koronavirusni yengib o‘tdi
21:48

Yana bir davlat koronavirusni yengib o‘tdi


Islandiya koronavirus infeksiyasini deyarli bartaraf qildi. Kecha, 6 may kuni hukumatning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 97 foizi allaqachon sog‘ayib ketgan.

“Islandiyada COVID-19 koronavirusga chalingan 1799 bemordan 1750 nafari butunlay shifo topdi. Afsuski, kasallik o‘n kishining hayotiga zomin bo‘ldi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ayni paytda mamlakatda infeksiya bilan zararlangan 39 nafar odam bor. 3 bemor shifoxonalarda qolmoqda, ammo ularning ahvoli tashvishli emas.

Ma’lumot o‘rnida, 4 maydan boshlab Islandiyada mart oyida joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘tdi, Yana bir davlat, koronavirusni yengib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя