Главная » 2020 » Июль » 1 » Yana bir fuqaro dahshatli qiynoqdan vafot etgani aytilmoqda
19:42

Yana bir fuqaro dahshatli qiynoqdan vafot etgani aytilmoqda


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasidan (xalq tilida «Sangorod») mahkumning o‘ligi chiqdi. Bu haqda «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, 45 yashar marhum  F. X. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan bo‘lib, Navoiy viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. 

A. Tashanovning marhum yaqinlariga tayanib aytishicha,  F. X.  bir necha kun avval uyiga qo‘ng‘iroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilishayotganini bildirgan, hatto qandaydir hisob raqamlari ham berilgan ekan.

Xabar mazmunicha, marhum Navoiydagi koloniyada qiynoqqa solinib, adoyi tamom qilingach,  Toshkent viloyatidagi 64/18-sonli muassasasiga («Sangorod») olib kelingan. Shundan sakkiz kun o‘tib, u omonatini topshirgan.

Mazkur xabar ortidan «Xabar.uz» darhol Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlab yuborilganini bildirdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yana bir fuqaro, vafot etgani aytilmoqda, dahshatli qiynoqdan | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя