Главная » 2018 » Апрель » 17 » Yana bir soha vakillarining maoshi 3-4 baravarga oshiriladi
13:56

Yana bir soha vakillarining maoshi 3-4 baravarga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinganini xabar bergan edik.

Ushbu farmonga muvofiq, 2018 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi:

o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra, tarif koeffisientlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo‘llaniladi;

pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda pensiyalari to‘liq to‘lanadi.


Mazkur imtiyozlar barcha diniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlariga tatbiq etiladi.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vakillar, soha, baravar, maoshi, 3-4, yana bir, oshiriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя