Главная » 2020 » Декабрь » 20 » Yana bir stadionga ham Maradona nomi berildi
16:07

Yana bir stadionga ham Maradona nomi berildi


La-Platadagi «Ximnasiya» klubining stadioni 25 noyabr kuni vafot etgan argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning nomi bilan ataladigan bo‘ldi.

Endilikda stadion «Uniko de Syudad de La-Plata Diyego Armando Maradona» deb nomlanadi. 

Ma’lumot uchun, Maradona vafotiga qadar aynan «Ximnasiya» klubi bosh murabbiyi edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Napoli»ning «San-Paolo» arenasi Maradona sharafiga uning nomiga o‘zgartirilgandi.

Shuningdek, La-Plata arenasidagi tribunalardan biriga 2020 yil 8 dekabrda vafot etgan Argentina milly jamoasining sobiq bosh murabbiyi Alexandro Sabelyaning nomi berildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nomi berildi, Maradona, stadionga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя