Главная » 2017 » Май » 31 » Yana bir xonandaning lisenziyasi olib qo‘yildi
17:16

Yana bir xonandaning lisenziyasi olib qo‘yildi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonanda Shahnoza Otaboyevaning lisenziyasi olib qo‘yildi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.

“Lisenziat Shahnoza Otaboyeva bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilgani sababli ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 1 iyundan tugatilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: lisenziya, Xonanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя