Главная » 2017 » Февраль » 8 » “Yana mahallada duv-duv gap” xalqimizga bahoriy tuhfa
12:57

“Yana mahallada duv-duv gap” xalqimizga bahoriy tuhfa


O‘zbekiston xalq artisti, kinorejissyor Shuhrat Abbosov rejissyorligida 6 oy davomida suratga olingan «Yana mahallada duv-duv gap» filmi bahor faslida kino ixlosmandlari e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilmoqda. Kino olami vakillari intiqlik bilan kutayotgan mazkur filmning ssenariy muallifi  Shoira G‘iyosova. Mazkur ssenariy roppa-rosa besh yil ichida yozilgan. Film ssenariysi yozilishidan, toki murakkab montaj jarayonlarining yakuniga qadar 6 yildan ortiq vaqtni talab qilgan kartinaning asosiy voqealari Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida tasvirga olingan. Unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan. Film premerasi 21 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan. Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtayeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.


Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Yana mahallada duv-duv gap | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя