Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Yana qancha odam koronavirus qurboniga aylanadi?
09:15

Yana qancha odam koronavirus qurboniga aylanadi?


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusga qarshi samarali vaksina hammaga yetib borgunga qadar COVID-19 tufayli 2 milliongacha odam vafot etishini istisno qilmayapti, dedi JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

JSST kovid tufayli dunyo bo‘yicha ikki million kishi vafot etishini taxmin qilmoqda.

«Buni, shubhasiz, tasavvur qilish qiyin. Lekin buni ilojsiz deb ham bo‘lmaydi. Chunki biz 9 oy ichida bir million kishidan ayrildik. Vaksina ommalashishi uchun esa yana 9 oy vaqt kerak bo‘lishi mumkin», — dedi u vaksina keng ommaga yetib borgunga qadar o‘lim soni 2 millionga yetadimi degan savolga javob berarkan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda vaksinalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish va baholashda muammolar mavjud.

Shunga qaramay, Rayan shifoxonaga yotqizilgan bemorlar orasida o‘lim darajasi pasayayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, odamlarning o‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘tgan to‘qqiz oydan saboq chiqarish imkoni bor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odam, Koronavirus, qurboniga, aylanadi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя