Главная » 2019 » Декабрь » 26 » “Yandeks” 2019-yilda Toshkentdagi tirbandliklarning holati qanday o‘zgarganini ma’lum qildi
08:44

“Yandeks” 2019-yilda Toshkentdagi tirbandliklarning holati qanday o‘zgarganini ma’lum qildi


“Yandeks” 2019-yilning yanvar oyida O‘zbekiston yo‘llaridagi tirbandliklarni ko‘rsatishni boshladi. Kompaniya 11 oydan so‘ng yil yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi va Toshkent shahri yo‘llaridagi tirbandlik holati qanday o‘zgarganini ma’lum qildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Tirbandliklarning o‘rtacha darajasi aprel—avgust oylarida 5,8 balldan 4,5 ballgacha o‘zgargan. Avtomobil haydovchilari uchun eng qulay vaqt yoz oylari bo‘lgan, eng og‘ir oy esa aprel oyi bo‘lgan. Mazkur oyda bahordagi ertalabki tirbandliklarning eng yuqori darajasi qayd etilgan bo‘lib, u 7 ballni tashkil qilgan.

Aprel oyidan avgustgacha har oy davomida tirbandliklar kamayib borgan. O‘quv yili boshlangach, sentabr oyida tirbandliklar darajasi avgustga nisbatan ertalab 1,5 ballga, kechqurun esa qariyb bir ballga oshgan.

Oktabr oyida tirbandliklar darajasi yana yuqorilagan, kechki payt yuzaga keladigan tirbandliklar darajasi 8 ballga yetgan. Ertalabki tirbandliklar esa nisbatan yengilroq o‘tgan. Kuzda tirbandlikning o‘rtacha darajasi 7 balldan sal kamroq bo‘lgan.

Toshkentda dam olish kunlaridagi tirbandliklar ish kunlaridagiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bunda shanba va yakshanba kunlari ertalab tirbandlik deyarli sezilmaydi. Kechqurun esa tirbandliklar saqlanib qolmoqda. Noyabr oyida kechki tirbandlik shanba kunlari 7 ballni, yakshanba kunlari esa 6 ballni tashkil qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя