Главная » 2021 » Январь » 23 » Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi
18:42

Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi


Avvalroq portlash sodir bo‘lgan Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. uyida o‘zini osib qo‘yishi oqibatida vafot etgan. Ushbu ma’lumotni QALAMPIR.UZ manbalari tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, IESdagi portlash u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan. Marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingan. 

Hozircha sex rahbarining o‘zini osishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi-Angren IES hududida portlash yuz bergani xabar qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IESdagi, rahbari, osib qo‘ydi, sexning, portlagan, Yangi-Angren | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя