Главная » 2017 » Май » 25 » Yangi o‘quv yili uchun oshiriladigan to‘lov-kontrakt pulini kim belgilaydi?
19:21

Yangi o‘quv yili uchun oshiriladigan to‘lov-kontrakt pulini kim belgilaydi?


2017-2018 o‘quv yilida 66 ming 316 bakalavr (davlat granti asosida – 18 ming 194), 5 ming magistr (davlat granti asosida – 1 ming 556) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100 (davlat granti asosida – 15), Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida 90, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida 80 abiturient talaba bo‘ladi.

Bu haqda oliy O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Tadbirda vazirlikning kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Rajabov oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash hamda 2017-2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul masalalariga oid axborot berdi.

36 oliy ta’lim muassasasida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 114, 42 o‘quv yurtida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 104 yangi mutaxassislik joriy etilmoqda. Toshkent davlat texnika va Toshkent davlat agrar universitetlarining Termiz filiallari uchun qabul kvotalari, shuningdek, yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bo‘lgan hududlar uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari ham tasdiqlangan.

Oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul uchun kvota miqdori ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazining mas’ul xodimlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Bobur Jalolov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Pul, to‘lov-kontrakt, yangi o‘quv yili, kim belgilaydi, oshiriladigan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя