Главная » 2020 » Ноябрь » 7 » Yangi pandemiyaga tayyor turing – JSST
10:01

Yangi pandemiyaga tayyor turing – JSST


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish haqida hukumatlarni ogohlikka chaqirdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-yillik sessiyasi oldidan JSST saytida xabar berildi.

«Biz keyingi pandemiyaga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlashimiz kerak. O‘tgan yili ko‘rdikki, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha ishonchli infratuzilmaga ega mamlakatlar SARC-CoV-2 virusi tarqalishini oldini olish va u bilan kurashish uchun tezkor harakatlarni amalga oshira olishdi», – deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasining 49,1 milliondan ortiq holatlari qayd etilgan. Pandemiyada 1,2 milliondan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yangi, JSST, pandemiyaga, Tayyor turing | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя