Главная » 2020 » Март » 25 » Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga ism qo‘yildi
17:30

Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga ism qo‘yildi


Hindistonning Uttar Pradesh shatatida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga Korona degan ism berildi, deb xabar qildi Dessan Herald.

Bolaning amakisi Nitesh Tripati jurnalistlarga virus shubhasiz juda xavfli bo‘lsa ham, odamlarni jipslashtirdi va sog‘lom odatlarni shakllantirishga hissa qo‘shdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda vahima qilmaslik kerak, shifokorlar va hukumat tavsiyalariga rioya qilish juda muhim.

“Bu chaqaloq virusga qarshi odamlarning birdamlik ramzi bo‘ladi”, — deydi u.

Korona Hindistonda 22 mart kuni komendantlik soati joriy etilishidan bir necha soat oldin dunyoga keldi. 


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя