Главная » 2019 » Декабрь » 13 » Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar 10-yanvargacha yopiladi
07:55

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar 10-yanvargacha yopiladi


Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 13-dekabr kuni soat 08:00 dan 2020-yil 10-yanvar kuniga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi asosiy Yangi yil archasi aynan shu ko‘chalar kesishmasida o`rnatiladi. Istiqlol ko‘chasining bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadigan qismini bezatish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bayram tadbirlari uchun ikkita sahna tayyorlanmoqda. Attraksionlar va savdo do‘konlari o‘rnatilmoqda. Asosiy archaning to‘rtta tomonida selfi ixlosmandlari uchun kichik archalar o‘rnatiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя