Главная » 2019 » Декабрь » 27 » Yangi yilda qor yog‘adimi?
20:20

Yangi yilda qor yog‘adimi?


Gidrometeorologiya xizmati markazi 28-31 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 dekabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 29-31 dekabrda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 dekabrda +3...+8 daraja, 30-31 dekabrda 0...+5 daraja, kunduzi 28 dekabrda +11...+16 daraja, 29-31 dekabrda +7...+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 dekabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +12...+17 daraja, 29-31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 28 dekabrda +15...+20 daraja, 29-31 dekabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 28 dekabrda +15...+20 daraja, 29-31 dekabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 29-31 dekabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi 29 dekabrda +7...+12 daraja, 30-31 dekabrda +5...+10 daraja,

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 dekabrda -3...+2 daraja, 30-31 dekabrda +3...+8 daraja, kunduzi 28 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi, 29-31 dekabrda -3...+2 darajagacha pasayadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя