Главная » 2021 » Январь » 2 » Yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
10:20

Yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi


2021 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o‘g‘il bola, 522 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg‘ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. 
Tug‘ilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tug‘ilgani, Chaqaloq, Yangi yilning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя