Главная » 2020 » Февраль » 23 » Yangilik: Behayo selfilar olishga yo‘l qo‘ymaydigan smartfon yaratildi
13:33

Yangilik: Behayo selfilar olishga yo‘l qo‘ymaydigan smartfon yaratildi

“Ochiq” rasm olmaydigan aqlli telefon haqida eshitganmisiz? Yaponiyaning Tone Mobile kompaniyasi yoshlarning uyatsiz suratlarni olishiga va ularni ulashishiga imkon bermaydigan smartfon – “Tone e20”ni ishlab chiqardi. Xabarda ma’lum qilinishicha, smartfonning eng yaxshi tomoni bu – qurilma asosining AI (Artificial intelligence – sun’iy intellekt) bilan ta’minlanganidir.

“Tone e20” smartfoni nafaqat ochiq-sochiq rasmlarni olishni taqiqlaydi, balki bu haqda yoshlarning ota-onasiga ham xabar beradi. U kattalarga farzandining nima bilan shug‘ullanayotganini, tushilgan behayo suratning xira nushasini kattalarga yuborgancha, ularni bu haqda ogohlantiradi ham. Ko‘rib turganingizdek, bu smartfon bilan bola ota-onasini alday olmaydi!
Hozirda bu qurilma Yaponiyadagina mavjud. Telefonning boshlang‘ich narxi, taxminan, 180 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя