Главная » 2021 » Январь » 7 » Yapon ayollari nega qarimaydi?
12:07

Yapon ayollari nega qarimaydi?


Yapon ayollari o‘zlarining go‘zalligi, uzoq yashashi va sarishtaligi bilan butun dunyoni doim hayratga solib keladi. Ular 30 yoshida 17 yoshdek, 50 yoshida esa 30 yoshdek ko‘rinadi. Ayrimlar bu go‘zallikni tabiat in’omi desa, boshqalar alohida parvarish natijasi deb hisoblaydi. Aslida, yapon ayollarining yosh ko‘rinishining siri nimada? Ular bunga qanday erishmoqda?

Birinchidan, Yaponiyada yashash, hayot darajasi ancha yuqori. Ikkinchidan, yapon ayollari o‘zlarini juda yaxshi ko‘radi. Va nihoyat, uchinchidan, yapon ayollari uchta qoidaga qat’iy rioya qiladi: sog‘lom ovqatlanish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va bolalik davridanoq o‘z tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor berish.

Quyida yapon ayollari go‘zalligining 7 sirini bayon etamiz.

Taomnomada, asosan – mevalar

Semiz, baqaloq yapon ayolini hech ko‘rganmisiz? Albatta, yo‘q. Yaponlar ko‘p ovqat yeyishadi-yu, ammo hech qachon semirmaydi. Buning sababi shundaki, ular o‘simlik mahsulotlari, shuningdek, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari, sifatli guruchni ko‘p yeyishadi.

To‘g‘ri ovqatlanishga bolalikdan o‘rgatishadi

Qizaloq bog‘cha yoki maktabga borishi bilanoq unga sog‘lom va tabiiy ovqatlanish sirlarini o‘rgatishadi. Diyetologlar maktabgacha va maktab davrida to‘g‘ri ovqatlanish dasturini tavsiya etishadi. Ota-onalarni ham shunga o‘rgatishadi.

Ko‘proq biologik qo‘shimchalar qabul qilishadi

Yaponiyada aholining 90 foizdan oshig‘i biologik faol qo‘shimchalar iste’mol qiladi. Charchoqqa qarshi ushbu qo‘shimcha bu yurtda, ayniqsa, keng tarqalgan. Yosh va go‘zal bo‘lish uchun ham maxsus biologik qo‘shimchalar ishlab chiqilgan.

Har qanday ob-havoda terini quyoshdan himoya qiladi

G‘arb ayollari quyoshda qorayishni yaxshi ko‘rsa, yapon ayollari uchun quyosh nuri ta’qiqlangan.

Har qanday ob-havoda, hattoki yomg‘irli kunlarda ham yapon ayoli himoya vositalarisiz ko‘chaga chiqmaydi.

Terini parvarish qilish – udum

Yapon falsafasiga ko‘ra, teri insonga vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan. Shu sabab uni maksimal darajada ehtiyot qilish kerak. Terini parvarish qilish yapon ayollari uchun urf-odat hisoblanadi.

Yapon ayollari faqat tabiiy kosmetikadan foydalanadi

Yaponiyada kosmetika ishlab chiqaruvchilar tabiiy ingrediyentlarni fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida qo‘llashadi. Shu sabab yapon kosmetikalarida konservantlar bo‘lmaydi. Ular yuziga hadeb bodring yoki qulupnayli niqoblar surishmaydi. Chunki bu mahsulotlarda qancha pestisid kabi zararli moddalar borligi noma’lum.

Estetik muolajalarga aql bilan yondashiladi

Yapon ayollari har xil pilinglar, in’eksiyalar, lazerli va plastik operasiyalarni yoqtirishmaydi. Ular bunday usullarni tana uchun juda agressiv deb hisoblashadi.

Bularning o‘rniga tabiiy vositalarni ma’qul ko‘radi. Yaponiya kosmetologlari xonasida eng ko‘p ishlatiladigan  muolaja bu – massaj!


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Yapon, ayollari, qarimaydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя