Главная » 2020 » Март » 1 » Yaponiya sohillarida yuk kemasi cho‘kib ketdi, 13 kishi bedarak yo‘qoldi
10:06

Yaponiya sohillarida yuk kemasi cho‘kib ketdi, 13 kishi bedarak yo‘qoldi


Yuk kemasi ekipajining barcha a'zolari xorijliklar bo‘lgan. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda.

Beliz bayrog‘i ostida suzuvchi GUOXING-1 yuk kemasi Yaponiyaning Aomori prefekturasi sohillarida baliqchilik kemasi bilan to‘qnashganidan so‘ng suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, 13 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Sohil qo‘riqlash xizmati vakillarining ma'lumot berishicha, to‘qnashuvda baliqchilik kemasi va uning 15 nafar ekipaj a'zosi jabr ko‘rmagan.

Yuk kemasi ekipajining barcha a'zolari xorijliklar bo‘lgan. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda.

Bir kishi qutqarib olingan. Bedarak yo‘qolganlarni izlab topish uchun to‘rtta patrul kateri jo‘natilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя