Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Yaponiyada 1,2 metr qalinlikda qor yog‘di (video)
08:54

Yaponiyada 1,2 metr qalinlikda qor yog‘di (video)


Yaponiyaning Gumma va Niigata prefekturalarida sutka davomida 1,2 metr qalinlikda qor yog‘di. Statistikalar yuritila boshlanganidan beri bunday holat birinchi marta ro‘y berishi, deyiladi NHK telekanali xabarida.

Yaponiya shimolida hamda g‘arbiy sohillarida ikki kundan beri kuchli qor tinmay yog‘moqda. Sinoptiklar yaqin kunlarda Xonsyuda qor qalinligi 80 santimetrga, Yapon dengizi sohillarida 70 santimertgacha yetishi haqida xabar berishyapti. Yaponiyaning eng shimolidagi Hokkaydo orolida esa qor qalinligi 40 santimetrgacha yetadi, yozmoqda «RIA Novosti».

Noqulay ob-havo oqibatida Niigatada 13 kishi shikastlangan. Favqulodda xizmatlar aholini ko‘chkilar va yo‘llar muzlashidan ogohlantirmoqda.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя