Главная » 2021 » Январь » 6 » Yaponiyada 500 gramm gilos deyarli 10 ming dollarga sotildi
23:27

Yaponiyada 500 gramm gilos deyarli 10 ming dollarga sotildi


2021 yilda Yaponiyaning Yamagata prefekturasida o‘tkazilgan ilk kimoshdi savdosida yarim kilogramm gilos 1 million iyena (9,8 ming dollar) ga sotildi. Bu haqda mahalliy qishloq xo‘jaligi kooperativlari assotsiatsiyasiga tayanib xabar berilgan. 

Xabarga ko‘ra, 500 grammlik gilos qutisiga eng qadimgi navlardan bo‘lgan Satonisiki giloslari joylangan. 

Qayd etilishicha, lotning o‘ta qimmatligi uni yetishtirish texnologiyasi bilan bog‘liq. 

Ta’kidlanishicha, gilos ko‘chatlari maxsus idishlarda o‘stiriladi. Iyundan oktyabrgacha ular muzlatgichda saqlanadi. Shundan so‘ng o‘simliklar issiqxonaga ko‘chirilib, u yerda kerakli haroratda saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Uelsning marhuma malikasi Diana tomonidan uning oilaviy do‘sti Rojer Brambluga yuborilgan noma’lum xatlar Angliyaning Kornuoll grafligida kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi. Ushbu xatlarning boshlang‘ich narxi 30 ming funt sterling (40 ming dollar) bo‘lgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sotildi, Gilos, Gramm, Yaponiyada, dollarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя