Главная » 2020 » Февраль » 14 » Yaponiyada koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi
08:19

Yaponiyada koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi


Yaponiyada yangi turdagi koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Koronavirus qurboni bo‘lgan 80 yoshli ayolda virus izlari o‘limidan keyin aniqlangan. Avvalroq koronavirusdan o‘lim holatlari Hongkongda va Filippinda qayd qilingandi.   

Yaponiya rasmiylari mamlakat hududida Xitoyda tarqalgan koronavirusdan ilk o‘lim holati yuz berganini tan olishgan. Virusdan 80 yoshli ayol vafot etgan. Bu Xitoydan tashqarida koronavirusdan uchinchi o‘lim hisoblanadi.

Kyodo nashrining xabar berishicha, Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasida yashovchi ayol 1 fevralda zotiljam tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Shifokorlar keksa ayolning organizmida koronavirus borligini o‘limidan keyin aniqlashgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligida ayol virusni qanday yuqtirib olgani ma'lum qilinmagan. Shunisi ma'lumki, ayol oxirgi vaqtda xorijga chiqmagan.    

Shuningdek, Vakayama prefekturasida tibbiy xodimning virusdan ilk kasallanish holati qayd etilgan. Koronavirusga 50 yoshli jarroh chalingan. Ammo u xitoylik bemorlarga qaragani haqida ma'lumot yo‘q.

Ayni vaqtda Yaponiya koronavirusga chalingan fuqarolari ko‘pligi bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Kasallanganlardan aksariyati – 175 kishi Yokogama yaqinida karatinga qo‘yilgan Diamond Princess kruiz layneri yo‘lovchilaridir. 


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя